» » Toshkentning Yuzrabot ko‘chasida bir kunda ikki marta avtobuslar ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkentning Yuzrabot ko‘chasida bir kunda ikki marta avtobuslar ishtirokida YTH yuz berdi


3-sentabr, seshanba kuni Toshkent shahrida ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani Yuzrabot ko‘chasida harakatlanayotgan 5-avtosaroy tasarrufidagi 101-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mersedes-Benz rusumli avtobus ortidan Matiz yengil avtomobili kelib urilgan. Yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.

Ikkinchi transport hodisasi ham aynan shu ko‘chada sodir bo‘lgan. 2-avtosaroy tasarrufidagi 198-yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu rusumli avtobus ortidan “Gazel” mikroavtobusi kelib urilgan. Ikki nafar yo‘lovchi jabrlangan.

“Hurmatli yo‘lovchi va haydovchilar. Yo‘llarda e’tiborli bo‘ling. Jamoat transporti harakatiga xalaqit bermang. Unda bir emas, yuzlab yo‘lovchi borligini unutmang. Ularning hayotini xavfga qo‘yishga hech birimizning haqqimiz yo‘q”, — deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют