» » Andijonda onasini himoya qilaman deb otasini obdasta bilan urib o‘ldirgan yigit 10 yilga qamaldi

Andijonda onasini himoya qilaman deb otasini obdasta bilan urib o‘ldirgan yigit 10 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida onasini himoya qilish maqsadida obdasta bilan otasini urib, qasddan o‘ldirgan Bahrom Xidirov (ismi o‘zgartirilgan)ga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sudi sudya katta yordamchisi Kamronshoh Rasulov xabar berdi.

Sudlanuvchi Bahrom Xidirov yashash uyida otasi Farhod Xidirov (ismi o‘zgartirilgan) bilan birga nos ishlab chiqarib, sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Otasining muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilib, uyga kelganda oila a’zolarini haqorat qilib, onasini urib tan jarohati yetkazib kelishi oqibatida Bahromda otasiga nisbatan nafrat paydo bo‘lgan.

Bahrom sudda, aybiga qisman iqrorlik bildirib, 2018-yilda kollejni tamomlaganini, oliygohga o‘qishga kirmasdan otasi bilan birga nos ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanib kelgani aytgan. Shuningdek u, otasi 2014-yildan buyon spirtli ichimlik ichishga ruju qo‘yib, deyarli har kuni mast holda uyga kelib, hech bir sababsiz onasini buzuqlikda ayblab, haqoratlab, urib, janjal qilgani, hamisha ularni ajratib kelganini ma’lum qilgan.

“2019 yil 3-mart kuni soat 21:30 larda dadam yana ichim kelib, har doimgidek janjal qildi. Biz ovqatlanib o‘tirgandik, ish bilan tashqariga chiqib ketdim. Hovlida turganimda birdan kichik xonada onamning baqirgan ovozi eshitildi. Kirganimda dadam onamni urib do‘pposlayotgan edi. To‘xtatishga harakat qildim, biroq iloji bo‘lmadi. O‘sha paytda ko‘zim qonga to‘lgan edi. Xonadagi isitish pechi ustida turgan obdastani olganimni bilaman, qolganini eslay olmayman. O‘zimga kelganimda otam o‘lib bo‘lgandi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Onamdan va yaqinlarimdan meni kechirishlarini so‘rayman”, — deydi sudlanuvchi Bahrom Xidirov o‘z ko‘rsatmasida.

Sud hukmi bilan Bahrom Xidirov Jinoyat Kodeksining 97-moddasi, 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 10 (o‘n) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют