» » O‘zbekistonda 620 ming o‘quvchi 1-sinfga boradi

O‘zbekistonda 620 ming o‘quvchi 1-sinfga boradi


4-sentabr kuni O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 9904 ta davlat umumta’lim muassasasida 2019—2020-o‘quv yili boshlanadi. Mazkur o‘quv yilida maktablar o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 213 taga ko‘paygan.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun Respublikaning barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tadi. “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida mustaqillik darslari tashkil etiladi.

Joriy yilda 937 ta maktabda investitsiya va boshqa davlat dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, buning uchun 2,86 trillion so‘m sarflandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga (1,47 trillion so‘m) nisbatan qariyb ikki baravarga ko‘p.

Ta’lim sifati nisbatan yuqori bo‘lgan ta’lim muassasalari tajribasini boshqa umumta’lim maktablarida joriy etish maqsadida namunali maktablar negizida 71 ta tarmoq maktablari tashkil etildi.

Faoliyatini tugatayotgan 383 ta kasb-hunar kollejlarining binosi (shundan 154 tasi yangi maktab, 229 tasi qo‘shimcha bino) maktablarga berilishi natijasida qo‘shimcha 224 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rinlari yaratildi.

2019—2020-o‘quv yilida maktablarda jami 6,16 million nafar o‘quvchi tahsil oladi. Shundan 620 ming nafardan ortiq o‘quvchi ilk bor 1-sinfga qadam qo‘yadi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari o‘rin olgan “Prezident sovg‘asi” topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют