» » Fotogalereya: Beo‘xshov avtomobillar

Fotogalereya: Beo‘xshov avtomobillar


Avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli ko‘rinishdagi mashinalar yaratilgan. Kim uchundir chiroyli ko‘ringan avtomobil boshqa ishqibozga yoqmasligi mumkin. “Motor” nashri eng beo‘xshov avtomobillar fotojamlanmasini taqdim etdi.

Juda g‘alati ko‘rinishdagi pikap 2002-yildan 2006-yilgacha ishlab chiqarilgan. Mashina Baja 1000 poygasida ishtirok etgan avtomobillardan ilhomlangan holda yaratilgan. Subaru yiliga 24 mingta shunday avtomobil sotishni rejalashtirgan. Biroq to‘rt yarim yilda atigi 30 ta mashina ishlab chiqarilgan.

2004-yilda Chevrolet Malibu’ning Opel Vectra C’dan farq qilmaydigan oltinchi avlodi yaratildi. Mashina o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga ega. Bir vaqtning o‘zida besh eshikli Malibu Maxx ham yaratildi. Mashina Opel Signum’ning amerikancha ko‘rinishi hisoblanadi. Orqa o‘rindiqlari ustida yorug‘lik lyuki bo‘lishiga va olti silindrli dvigatelga ega bo‘lishiga qaramasdan, avtomobil ommalashmadi.

“Moskvich” avto ishlab chiqaruvchisining oxirgi avtomobili “Ivan Kalita” sedani bo‘ldi. Mashina atigi 33 nusxada yig‘ilgan va ulkan zavodni qutqarib qola olmagan. Renault dvigateliga, shinam salonga ega bo‘lishiga qaramasdan, avtomobilning ikkita asosiy kamchiligi bo‘lgan — uning tashqi ko‘rinishi va materiallarning sifati.

2011-yildan 2014-yilgacha ishlab chiqarilgan Murano o‘z xaridorlarini topa olmgani sababli Nissan uni ishlab chiqarishni to‘xtatgan.

Ko‘p mavaffaqiyatga erisha olmagan Vanden Plas 1500 (yoki Austin Allegro) besh yil davomida qariyb 12 ming xaridor tomonidan sotib olingan. Odatiy Allegro’dan farqli ravishda Vanden Plas charm bilan qoplangan salonga va yaxshilangan tovush izolyatsiyasiga ega.

Bugatti EB110 avtomobiliga o‘xshash B Engineering’ning dvigateli va saloni qayta ishlangan. Kompaniya XXI asr sharafiga 21 ta avtomobil ishlab chiqishga qaror qilgan. Reja amalga oshgan yoki oshmaganligi noma’lum. 2003-yilda mashinaning narxi 760 ming yevroni tashkil qilgan.

Bristol markasi o‘zining ikkinchi hayotini yashamoqda. Yaratilganiga ko‘p bo‘lmagan Blenheim 1976-yilda taqdim etilgan Type 603 modeliga asoslangan. So‘nggi shunday ulov 2011-yilda Opel Senator’ning orqa yoritish chiroqlari, BMW’ning kichkina g‘ildiraklari va yoritish qurilmalari bilan ishlab chiqarilgan.

Skelta sportkari 2008-yilda namoyish etilgan. Avtomobil poyga yo‘laklarida o‘zini ko‘rsata olgan, biroq Avstraliya va Buyuk Britaniya ko‘chalarida uni uchratish qiyin. G-Force’ga asos sifatida Honda S2000 olingan.

Macros kompaniyasi 1968-yilda Mantis XP avtomobilini taqdim etgan. Avtomobil narxining juda yuqori bo‘lgani sababli 1971-yilda 32 nusxada yaratilgan mashinaning ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan.

Vazni 998 kg bo‘lgan avtomobil AQShda Uorren Mosler tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Consulier Uorren nomi bilan ataladigan kompaniyanng birinchi raqamli mashinasiga aylandi.

Avtomobil 2001—2004-yillar oralig‘ida sotilgan bo‘lib, 3,4 litr sig‘imli V6 dvigateliga va to‘rt darajali avtomat tezlik uzatish qutisiga ega.

Shveysariyaning Weber kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Faster One deyarli muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgi kunda kompaniya mashinaning yangi Faster F1 One ko‘rinishini taqdim etmoqchi bo‘lyapti.

2004-yilda taqdim etilgan Rodius besh va olti silindrli dvigatellar bilan jihozlangan. U birinchi avlod bo‘lib, 2013-yilda avtomobilning ikkinchi avlodi yaratildi.

1998—2010-yillarda ishlab chiqarilgan mashina ko‘plab nashrlar tomonidan oilaviy avtomobil sifatida e’tirof etilgan.

1974—1976-yillarda atigi ikkita Neorion Chicago yig‘ilgan. Mashinani yaratishga sakkiz oy ketgan. Asos sifatida Jeep Wagoneer olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют