» » Avgust oyida O‘zbekistonda iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi salkam 3 foizni tashkil etdi

Avgust oyida O‘zbekistonda iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi salkam 3 foizni tashkil etdi


2019-yilning avgustida iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasi oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,9 foizni tashkil etdi, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar—avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 foizga qimmatlashgan. 2018-yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 foziga oshgan.

2018 va 2019-yillarning yanvar—avgust davridagi oylik narxlar o‘zgarishi deyarli o‘xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o‘rtacha narxlar darajasining ko‘tarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib, avgust oyida iste’mol narxlari indeksi 100 foizlik ko‘rsatkichdan yuqorini tashkil etgan.

Biroq taqqoslanayotgan davrning fevral—iyul oylaridagi narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lib, yanvar va avgust oylaridagi tafovut sezilarli darajani tashkil etgan. O‘tgan oyga nisbatan so‘nggi 1 yil-u 8 oy davomidagi iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishi dinamikasi tahlillariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksining o‘sish sur’ati joriy yilning avgust oyida maksimal darajani tashkil etdi (2,9 foiz). Shuningdek, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar 2018-yilning yanvar, noyabr hamda dekabr oylarida ham qayd etilgan (2,7 foiz, 2,3 foiz va 2,1 foiz).

O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019-yillarning birinchi sakkiz oyi davomidagi iste’mol narxlari indeksi natijalariga asosan, taqqoslanayotgan davrlardagi o‘rtacha narxlar darajasining eng yuqori ko‘rsatkichlari 2018-yilning may oyida (106,6 foiz), 2019-yilning avgust oyida (108,2 foiz) qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют