» » Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi

Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 28-mart, seshanba kuni Yevroittifoq hukumatini mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayoni rasman boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi. Bu haqda Britaniya gazetalarida chop etilgan rasmiy surat guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.

Suratda bosh vazir Dauning-strit 10 dagi rasmiy qarorgohida o‘tirganini ko‘rish mumkin. Unda maktub bir nechta sahifadan iborat ekanligi ko‘rinib turibdi.

Britaniya gazetalarining ma’lum qilishicha, maktub mamlakatning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Tim Barrou tomonidan Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Donald Tuskka topshiriladi.

Gap Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi Lissabon kelishuvining 50-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bildirishnoma haqida bormoqda. Uning qo‘llanilishi London va Bryussel o‘rtasidagi “ajrim” shartlari haqidagi muzokaralarning ikki yillik jarayonini boshlab beradi.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют