» » Farrux Zokirov Ukrainada “Yil odami — 2016” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

Farrux Zokirov Ukrainada “Yil odami — 2016” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi


Ukraina opera va balet milliy akademik teatrida “Yil odami — 2016” XXI umummilliy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov “Xalqlarning madaniy aloqalari va ma’naviy jipsligini mustahkamlaganligi uchun” mazkur nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi.

— Ukrainada Farrux Zokirov va “Yalla” guruhining ixlosmandlari juda ko‘p. Uning xalqaro mukofot bilan taqdirlanishi, shubhasiz, ikki tomonlama madaniy—gumanitar hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, — deya ta’kidladi “Yil odami” umummilliy dasturi direktori Arkadiy Raysin.

Teatrga to‘plangan minglab muxlislar iltimosiga ko‘ra “Yalla” guruhi rahbari “Choyxona” va “Uchquduq” qo‘shiqlarini ijro etdi.

Ma’lumot uchun, turli yillarda Patritsiya Kaas, Vaxtang Kikabidze kabi mashhur qo‘shiqchilar “Yil odami” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют