» » Ozbekistonda uchinchi xalqaro jaz festivali otkaziladi

Ozbekistonda uchinchi xalqaro jaz festivali otkaziladi


Ozbekistonda 30-martdan 30-aprelgacha Xalqaro jaz kuniga bagishlangan uchinchi xalqaro jaz festivali bolib otadi. Bu haqda Daryoga tadbir mutasaddilari malum qildi.

2011-yilda YuNESKO rasman 30-aprelni Xalqaro jaz kuni deb elon qildi. Bu yil esa mazkur sana Ozbekistonda uchinchi marotaba nishonlanmoqda. Uning doirasida koplab xorijiy mehmonlar kelishi, turli-tuman konsertlar, dastur va uslublar namoyish etilishi, mahorat saboqlari otilishi kozda tutilmoqda.

Bir oy davomida festival Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qoqonda jaz muxlislari mehmoni boladi. Unda Nord FX (Germaniya), Dwiki Dharmawan World Peace Jazz Band (Indoneziya), Where is Africa? (Shveysariya) jamoalari, Berkay Toprak va Yunus Muti (Turkiya), xonanda Ayya Vitolinya (Latviya), saksofonchi Mixal Vroblevski (Chexiya) ishtirok etishi kozda tutilgan.

Shuningdek, festivalda Estoniya vakillari qoshiqchi Kadri Voorand, gitarachi Marek Talts, dirijor va aranjirovkachi Siim Aymla (Botir Zokirov nomli estradasimfonik orkestri bilan birgalikda) ham qatnashadi.

: admin (29-03-2017, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 4) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -