» » Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi

Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi


Toshkent shahar Xalqaro biznes markazi binosida 4-sentabr kuni Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasiga chet tili bo‘yicha test savollari hamda esse yozma imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yozma imtihonni o‘tkazishda, imtihon javoblarini tekshirishda turli ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va boshqa idoralar vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, imtihonni o‘tkazish jarayoni to‘liq videotasvirga olinib, Bosh prokuratura akademiyasining Facebook’dagi sahifasi orqali onlayn tarzda namoyish etilgan.

Eslatib o‘tamiz, magistraturaga tanlov “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, amaldagi prokuratura organlari xodimlari orasida o‘tkazildi.

Akademiya magistraturasining “prokurorlik faoliyati”, “tergov faoliyati” va “korrupsiyaga qarshi kurashish” yo‘nalishlari bo‘yicha 2019/2020-o‘quv yillariga jami 30 ta qabul kvotasi tasdiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют