» » Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining narxi yanada pastladi

Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining narxi yanada pastladi


Toshkentdagi “OtelO‘zbekiston” MChJ qo‘shma korxonasidagi davlat ulushi (80,13 foiz) 26,4 million dollarga baholandi. Bu ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yilgan obyektning boshlang‘ich narxi, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

Avvalroq, mehmonxona 33 million dollar qiymatida sotuvga qo‘yilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-yanvardagi qaroriga ko‘ra, davlat ulushi “O‘zbekiston” kompleksi binosi va hududidagi infratuzilma obyektlaridan foydalanish huquqi bilan 99 yilga berilgan.

To‘lovlarning maksimal to‘lash muddati uch yil davomida har chorakda teng ulushda amalga oshiriladi. Shu bilan birga minimal sarmoya majburiyati 100 million so‘mga teng.

Davlat ulushi quyidagi shartlar bo‘yicha amalda bo‘ladi:

“OtelO‘zbekiston” MChJ QKning davlat ulushini sotib olishni istagan investorlarning murojaatlari tegishli tartbida Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar boshlang‘ich summaning 15 foiz miqdorida depozit qo‘yishlari kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют