» » Yamanda isyonchilar guruhi Saudiya Arabistonidagi avibazaga raketa zarbasi berganini ma’lum qildi

Yamanda isyonchilar guruhi Saudiya Arabistonidagi avibazaga raketa zarbasi berganini ma’lum qildi


Yamanda isyonchilar guruhi Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbidagi Yaman chegarasi yaqinida joylashgan “Qirol Xolid” aviabazasiga muvaffaqiyatli raketa zarbasi berganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Bu arab koalitsiyasi tomonidan Yamandagi isyonchilarga qarshi ishlatiladigan asosiy aviabaza hisoblanadi.

Isyonchilarga yaqin OAVlar tomonidan ma’lum qilinishicha, bir kun oldin isyonchilar aviabazaga qarata o‘rta uzoqlikka uchuvchi raketa uchirgan. Raketa nishonga muvaffaqiyatli yetib borgan, shundan so‘ng yana ikkita raketa uchirilgan va ular ham aviabazaga talafot yetkazgan.

Biroq arab koalitsiyasining ma’lum qilishicha, isyonchilar tomonidan to‘rtta raketa yo‘naltirilgan va ularning barchasi muvaffaqiyatli zararsizlantirilgan.

Koalitsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, raketalarning nishoni “Qirol Xolid” aviabazasi joylashgan Hamis-Mushayt shahri, shuningdek Saudiya Arabistoni va Yaman chegarasi yaqinidagi Abha shahri bo‘lgan.

“Tinimsiz raketa hujumlari noqonuniy qurol savdosi davom etayotganidan yaqqol guvohlik beradi”, — deyiladi koalitsiya bayonotida.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют