Kiyev meri Vitaliy Klichko o‘zining “noqonuniy ravishda” lavozimdan olib tashlanganiga izoh berdi
Kiyev meri Vitaliy Klichko Kiyev shahri administratsiyasi rahbarligi lavozimidan bo‘shatilishini noqonuniy deb atadi. Bu haqda sobiq bokschi lavozimdan ketishi munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Konstitutsion sudning qaroriga ko‘ra, administratsiya rahbari etib shahar meri tayinlanishi kerak, partiyaning ‘boshqa bir odamni ushbu lavozimga o‘tqazib, meriyani boshqarish istagi’ esa qonunga zid.
Buni shunday ta’riflash mumkinki, tasavvur qiling taksiga o‘tirdingiz, biroq uning ikkita haydovchisi va ularning har birini o‘z ruli bor.
Vitaliy Klichko, Kiyev meri
Bundan tashqari Klichko prezidenti Vladimir Zelenskiyning jamoasi “Kiyevda biznes manfaatlari bor insonlar” foydasiga ishlashi mumkinligiga sha’ma qilib ketgan. Kiyev meri ushbu vaziyatni “katta xavf” deb atab, o‘zining hech qanday biznes manfaatlari yo‘qligini qayd etib o‘tgan.
Avvalroq, Ukraina hukumati Klichkoni shahar administratsiyasi rahbari lavozimidan olib tashlash bo‘yicha taklifni ma’qullagan edi. Endi ushbu qarorga Zelenskiy imzo qo‘yishi kerak. Amaldor Kiyev meri sifatida faoliyatini davom ettiradi. Bu ikki lavozim Konstitutsion sudning qaroriga ko‘ra birlashtirib yuborilgan edi, ammo qonunga ko‘ra, mer saylanadi, administratsiya rahbari esa tayinlanadi.
Manba: Daryo.uz