» » Qirg‘iziston Oliy sudi parlament muxolifati yetakchisini hibsga olish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi

Qirg‘iziston Oliy sudi parlament muxolifati yetakchisini hibsga olish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi


Qirg‘iziston Oliy sudi parlament muxolifati va “Otamakon” partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayevni hibsga olish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Oliy sud quyi instansiya sudi hukmini tasdiqladi”, — dedi sud devonxonasi mutasaddilari.

Qirg‘iziston poytaxtining Pervomaysk tumani va Bishkek shahar sudlari siyosatchini 25-aprelga qadar hibsga olishga qaror qilgandi. Biroq Tekebayevning advokatlari mazkur hukm ustidan shikoyat yo‘llab bekor qilishga urindi.

Eslatib o‘tamiz, Omurbek Tekebayev 26-fevral, yakshanba kuni, Istanbuldan uchib kelganidan so‘ng Bishkek aeroportida qo‘lga olindi. Muxolifat partiya yetakchisi “Korrupsiya” va “Firibgarlik” moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют