» » Yaponiyada dunyoda ilk bor bemorga boshqa inson indutsiyalashgan tana hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi

Yaponiyada dunyoda ilk bor bemorga boshqa inson indutsiyalashgan tana hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi


Yaponiyalik olimlar guruhi dunyoda ilk bor bir insondan boshqasiga indutsiyalashgan tana hujayralarini (iPS-hujayralar) muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazdi. Bu haqda Yaponiyadagi “Riken” tabiiy fanlar instituti ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Operatsiya Xiogo prefekturasidagi Kobe shahri tibbiy markazida o‘tkazildi. Donor iPS-hujayralari ko‘zining to‘r pardasi shikastlangan bemorga ko‘chirib o‘tkazildi.

Yapon mutaxassislari maxsus tana hujayralari tiklanish jarayoniga ko‘mak berishiga umid qilmoqda. Hozircha hujayralar yangi organizm tomonidan qabul qilinmaslik holati kuzatilmadi.

Kioto va Osaka universitetlari mutaxassislari ham kirgan tadqiqotchilar guruhi yaqin orada yana 5 ta shunday operatsiyani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют