» » Mashina narxini qimmatlashtirishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasiga Oliy Majlis deputatlari qarshi chiqdi

Mashina narxini qimmatlashtirishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasiga Oliy Majlis deputatlari qarshi chiqdi


“Utilizatsiya yig‘imi”ni joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan keskin tanqid qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida avtomobillar utilizatsiyasi uchun “Utilizatsiya yig‘imi”ni joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar tomonidan qattiq e’tiroz va ikkilanishga sabab bo‘ldi.

So‘zga chiqqan deputat hamkasblarimiz mutaxassislardan bunday tartib kiritilishini asoslab berishni so‘rashdi, biroq tayinli javob bo‘lmadi. Men ham yig‘imni joriy qilishda ekologik vaziyatni yaxshilash bosh maqsad ekanligiga shubham borligini bildirdim. Shundoq ham qimmat avtomobillar utilizatsiya yig‘imi joriy qilinsa, yanada qimmatlamasligiga kim kafolat beradi? “Ekologiya” — juda yaxshi bahona topildi.

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis deputati

Deputatning ta’kidlashicha, fraksiya a’zolarining e’tirozlaridan qonun loyihasi ovozga qo‘yilsa, qo‘llab-quvvatlanmasligi ko‘ringan. Shu sababli iltimosga ko‘ra, ma’lum muddatga kun tartibidan chiqarib tashlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют