» » Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish hududiy boshqarmalar tomonidan bajariladi

Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish hududiy boshqarmalar tomonidan bajariladi


Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi buyruq loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

Loyihaga ko‘ra, ushbu nizomning 34-bandi, ikkinchi xatboshisi “Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risida”gi hujjatlarni tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi ,— deya bayon etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют