» » Samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov 11 yilga hukm qilindi. Endi 400 dan ortiq fuqaro da’vosiga ko‘ra ikkinchi sud ishi bo‘ladi

Samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov 11 yilga hukm qilindi. Endi 400 dan ortiq fuqaro da’vosiga ko‘ra ikkinchi sud ishi bo‘ladi


Samarqandlik taniqli tadbirkor, “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari, xalq orasida Umar nomini olgan Olim Rajabov sud hukmiga ko‘ra 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova raisligida ko‘rib chiqilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida 4-sentabr kuni sudlanuvchilar 1963-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Olim Rajabov, 1988-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Ruslan Rajabov, 1973-yilda tug‘ilgan, Shavkat Ablaqulov, 1964-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Miralam Adilov,  1968-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Fayzullo Fayziyevga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilingan.

Sud hukmiga ko‘ra, tadbirkor Olim Rajabov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga uzil-kesil o‘tash uchun 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Olim Rajabovning o‘g‘li Ruslan Rajabov JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shavkat Ablaqulov JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga uzil-kesil o‘tash uchun 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Miralam Adilov JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Fayzullo Fayziyev JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga uzil-kesil o‘tash uchun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi Zarifa Ahmedovaning “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevga ma’lum qilishicha, sud hukmi hali qonuniy kuchga kirmagan. Shu sababli sud tafsilotlari bilan bog‘liq ma’lumotni hukm qonuni kuchga kirmaguncha oshkor qilmaslikni ma’lum qilgan. Internet saytlarida chiqqan ma’lumotni Oliy sud axborot xizmati taqdim etganligini ma’lum qilgan.

Sud hukmidan so‘ng Umar Rajabov va sudda ishtirok etgan da’vogar fuqarolar o‘rtasida qisqacha suhbat bo‘lib o‘tgan.

Men oxirgi nafasim qolguncha kurashaman. Men uylaringizni qurib beraman. Gap bitta. Hammalaring bir bo‘linglar. Yaqinda chiqamiz.

Umar Rajabov

Shu o‘rinda sudda da’vogar sifatida qatnashgan fuqarolar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

Buning hammasi tuhmat. Bizning gaplarimiz Prezidentga yetib borsin. Sudda adolat bo‘lsin. Muhtaram Prezidentimiz O‘zbekistonda eng katta xavf bu kadrlarning saviyasida, bilimida, ilmida, fidoyiligida deb aytdi. Bizda “organ” sohasida ana shu “sistemalar” yo‘q. Xalq bu hukmdan norozi. Qolaversa, ayblanuvchi uyni qurib berishini bo‘yniga olyapti. 2500 nafar aholi qayerga boradi. 2018-yilda Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi va unda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu butun dunyoga katta shov-shuvga sabab bo‘lsa-yu, biz samarqandliklarning huquqini hech kim himoya qilmasa.

Sudda ishtirok etgan da’vogar fuqarolar

Ma’lumotlarga ko‘ra, Umar Rajabovning sudi tugab, uzoq muddatli qamoq jazolari berilgan kunda Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan tadbirkorga oid yana ikkita jinoiy ishni sudga o‘tkazdi. Ularning birida 400 nafardan ortiq fuqarolarning da’volari kiritilganligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Umar” qurilish kompaniyasi qurgan uylar atrofidagi mojarolar 2 yildan buyon davom etayotgan edi. Tadbirkorga ruxsatnoma olmasdan turib uy-joylar qurishni boshlagani va bo‘lajak xaridorlardan 900 million so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘ yig‘ib olganlik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Mazkur ayblov sabab Umar Rajabov va uning hamkorlari JKning 168-moddasi 3, 4-bandlarida (firibgarlik) ko‘zda tutilgan jinoyatda ayblanib 2019-yilning fevral oyida hibsga olingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют