» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi “Seul muloqoti — 2019” xalqaro forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi “Seul muloqoti — 2019” xalqaro forumida ishtirok etdi


O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Seul muloqoti— 2019” forumida ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirlar davomida general-mayor Azizbek Ikramov Janubiy Koreya Milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Pak Chje Min bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar mintaqadagi xavfsizlik, shuningdek, kelgusidagi harbiy sohada hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Markaiy Osiyo va Janubiy Koreya mamlakatlari o‘rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish hamda xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan “Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” II-forumida ham ishtirok etdi.

5-sentabr kuni esa O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifning asosiy maqsadi bo‘lgan — “Seul muloqoti—2019” anjumanida ishtirok etdi. Mazkur anjuman Janubiy Koreya Milliy mudofaa vazirining raisligi ostida o‘tdi.

Shu kunning o‘zida Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etdi. Tomonlar harbiy ta’lim borasidagi hamkorlikka oid masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi hamda Koreya respublikasi Milliy mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tashrif yakunida Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Koreya harbiy akademiyasida bo‘lib, ikki mamlakat harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni olib borishga oid hujjatni imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют