» » Toshkentdagi xonadonda dazmol nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi xonadonda dazmol nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in yuz berdi


Toshkentning Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 75-uy 93-xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 5-sentabr kuni soat 02:14 larda yuz bergan yong‘inda uy jihozlari hamda 3 kvadrat metr maydon yongan. Xonadonning 100 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 02:18 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:27 da bartaraf etilgan.

Yong‘in dazmol nazoratsiz qoldirilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in keltirgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют