» » Xitoy sharqida mamlakat tarixidagi eng yirik oltin koni topildi

Xitoy sharqida mamlakat tarixidagi eng yirik oltin koni topildi


Xitoy geologlari sharqiy Shandun provinsiyasi hududidan mamlakat tarixidagi eng yirik oltin konini topdi. Bu haqda 29-mart kuni Shandong Gold Group birlashmasi ma’lumotiga tayanib, “Chjungo sinvenvan” axborot portali xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

“Bu mamlakatimiz hududidan topilgan eng boy oltin konidir. Shu tariqa bundan buyon mazkur hududni XXRning oltin qazib olinuvchi asosiy hududi deb hisoblash mumkin”, — deb ta’kidlaydi kompaniya.

Laychjou shahri hududida joylashgan kon zahirasi 382 tonnaga baholanmoqda, uning qiymati, taxminan, 22 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi ikki kilometr bo‘lgan foydali qatlamning qalinligi 67 metrdir. Mazkur kon zahiralari 40 yilga yetishi taxmin qilinmoqda.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют