» » Aleksandr Lukashenko Ilon Mask unga Tesla sovg‘a qilgani haqida maqtangandi. Maskning esa bu sovg‘adan xabari yo‘q

Aleksandr Lukashenko Ilon Mask unga Tesla sovg‘a qilgani haqida maqtangandi. Maskning esa bu sovg‘adan xabari yo‘q


Tesla asoschisi Ilon Mask Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga Tesla elektromobilini sovg‘a qilganini rad etdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Aleksandr Lukashenko STV telekanalida namoyish etilgan maktab o‘quvchilari bilan suhbatida o‘zining Tesla elektromobilining paydo bo‘lish tarixini so‘zlab bergandi.

“Menda Tesla elektromobili bor. Men uni ba’zan sinab ko‘raman. Mask sovg‘a qilgan”, — degan, lekin elektromobilning aynan qaysi modeli unga tegishli ekanini aytmagan.

Twitter foydalanuvchisining “Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga Tesla sovg‘a qilganmisiz?”, deb so‘ragan savoliga Ilon Mask “Voy, yo‘g‘ey”, deb javob bergan.

Uh no

— Elon Musk (@elonmusk) September 6, 2019

Ma’lumot uchun, Lukashenko 2017-yilda Belarus yo‘llarida Tesla’ni sinovdan o‘tkazgan. Prezident avtomobil xususiyatlarini yuqori baholab, “u kosmik kema kabi start olishi, hatto undan ham tezroq”ligini ta’kidlagan. Test-drayvdan so‘ng u Belarus muhandislariga shunday mashina ishlab chiqish haqida ko‘rsatma bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют