» » Davlat aktivlarini boshqarish agentligi: “E-ijro auksion”da sotilgan 96 ta obyekt muammosi o‘rganildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi: “E-ijro auksion”da sotilgan 96 ta obyekt muammosi o‘rganildi


“E-ijro auksion” elektron savdo orqali sotilgan 96 ta obyekt muammosi bo‘yicha monitoring o‘tkazilib, yechim topilgan. Bu haqda 6-sentabr, juma kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departamenti rahbari Jo‘rabek  Ahmedov bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda ma’lumot berdi deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ahmedovning ta’kidlashicha, yil boshida sotilgan obyektlar bilan bog‘liq bir qancha muammolar kuzatilgan. Jumladan, ayrim hokimiyatlar, mutasaddi tashkilotlar obyekt sotilganidan keyin uni tadbirkorlik subyektiga rasmiylashtirib bermagan.

“Ushbu masala yuzasidan  96 ta obyekt bo‘yicha monitoring o‘tkazilgan va iyul oyiga qadar hal qilingan. Tuzilmagan shartnomalar bo‘yicha hokimlarga ayniqsa tuman tashkilotlariga ogohlantirish berilgan”, — dedi Jo‘rabek  Ahmedov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hal etilmagan masalalar jarayon davomida hal etib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют