» » Toshkentda avtomobil davlat raqamini parda bilan yashirgan Nexia haydovchisi jarimaga tortildi

Toshkentda avtomobil davlat raqamini parda bilan yashirgan Nexia haydovchisi jarimaga tortildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi ikkita guruhda bir vaqtning o‘zida 01 F 020 KA davlat raqamli Nexia rusumli avtomobil haqida xabar e’lon qilindi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ushbu avtomobil davlat raqamini to‘sib turuvchi parda bilan jihozlangan bo‘lib, mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi (Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) 6-qismiga muvofiq, noqonuniy hisoblanadi.

Jenya Kantayeva ismli foydalanuvchi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar berishicha, yuqoridagi Nexia davlat raqamini berkitish bilan cheklanmasdan, avariyaviy holatlarni ham yuzaga keltirgan, e’lon muallifini haqorat qilgan va yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor buzgan.

Shu vaqtning o‘zida boshqa foydalanuvchi — Doniyor Muhiddinov ham “Voditeli Tashkenta” guruhida davlat raqami maxsus moslama bilan to‘silganini ma’lum qilib, ushbu holatning hukmi haqida savol yo‘llagan. Bunday holatga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ma’lum qilamizki, 01 F 020 KA davlat raqamli Nexia rusumli avtomobil haydovchisi, sirdaryolik 29 yoshli Mirza Bobur P. 125-moddaga muvofiq jarimaga tortildi. Avtomobil amaldagi qonunchilikka muvofiq “Chorsu” jarima maydonchasiga joylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasiga muvofiq, “Basharti shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi”.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasiga muvofiq, “davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek, davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish — eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют