» » Iordaniya va Saudiya Arabistoni yadro energetikasi rivojlanishiga 3 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Iordaniya va Saudiya Arabistoni yadro energetikasi rivojlanishiga 3 mlrd dollar sarmoya kiritadi


Iordaniya qiroli Abdulla bin Husayn hamda mamlakatga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud uranni qazib olish hamda uni boyitishga o‘zaro 3 milliard dollar sarmoya kiritish borasida, shuningdek, dengiz suvini chuchuklantirish hamda energiya ishlab chiqarish maqsadida katta bo‘lmagan yadroviy reaktorni yaratish kelishuvini imzoladi, deya xabar qildi “Interfaks”.

Iordaniya rasmiylari ikki mamlakat Iordaniyadagi bir qator asosiy avtomagistrallarni ta’mirlash uchun kredit ajratishga kelishib olgani, shuningdek, OAV, suv munosabatlari hamda energetika sohalarida hamkorlik borasida bir nechta kelishuvlarni imzolagani haqida bayonot berdi.

Salmon bin Abdulaziz Al Saud 27-mart, dushanba kuni Iordaniya poytaxti Ammanga mamlakatda davlat tashrifini boshlash uchun yetib kelgan edi. Shuningdek, qirol 29-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan arab Ligasining 28-sammitida qatnashadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют