» » O‘zbekistonda 2017-yil oxirigacha qo‘shimcha 40 ta ko‘chma dorixona tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2017-yil oxirigacha qo‘shimcha 40 ta ko‘chma dorixona tashkil etiladi


O‘zbekistonda aholining sifatli va arzon dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida chekka tumanlarda faoliyat yurituvchi ko‘chma dorixonalar tashkil etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining maxsus jihozlangan Isuzu rusumli izotermik avtofurgonlarida 14 ta ko‘chma dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, Damas rusumli avtomashinalarda qo‘shimcha ravishda yana 100 ta ko‘chma dorixona tashkil etilgan.

Ularning faoliyati sarhisob qilinganda, birgina 2016-yilda kompaniya tizimidagi ko‘chma dorixonalar orqali aholiga jami 7,6 milliard so‘mlik savdo xizmati ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Chekka hududlardagi aholini dori-darmon bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida 2017-yilda Damas avtomashinalarida qo‘shimcha 40 ta ko‘chma dorixona tashkil etib, bunday dorixonalar sonini 154 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют