» » Bosh prokuratura Mo‘ynoqdagi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Uch nafar brakonyer ushlandi, ikkitasi qidiruvda

Bosh prokuratura Mo‘ynoqdagi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Uch nafar brakonyer ushlandi, ikkitasi qidiruvda


Mo‘ynoq tumani hududida brakonyerlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qilingani haqida xabar bergandik.

Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 5-sentabr kuni soat 06:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari T.Toreniyazov, D.Kallibekov va A.Kalimbetovlar tomonidan Mo‘ynoq tumanidagi “Qazaqdarya” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Akpetkey” ko‘llar tizimida reyd o‘tkazgan.

Reyd davomida raqami yo‘q “UAZ” rusumli avtomashinada noqonuniy ov bilan shug‘ullangan 5 nafar fuqaro inspektorlarning qonuniy talabiga bo‘ysinmasdan, voqea joyidan qochib ketishni ko‘zlab, qo‘mita xodimlari boshqaruvidagi avtomashina baloniga ov miltig‘i bilan o‘q uzib, voqea joyidan yashirinishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan Mo‘ynoq tuman prokuraturasi tomoindan 2019-yil 6-sentabr kuni Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ulardan 3 nafari ushlangan.

Shuningdek, tezkor xodimlar tomonidan qolgan 2 nafar fuqaro qidirilmoqda. Noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar boshqaruvidagi “UAZ” rusumli avtomashinaning davlat raqami ekanligi aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2019, 14:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют