» » Samarqandda paxtani qisqa fursatlarda terib olish uchun 2 250 ta terim otryadi tashkil etildi

Samarqandda paxtani qisqa fursatlarda terib olish uchun 2 250 ta terim otryadi tashkil etildi


Samarqand viloyatida 2019-yilda 1 958 fermer xo‘jaligi tomonidan 75 580 gektar maydonga chigit ekilgan va hosilni yig‘ishtirib olish, qayta ishlash uchun viloyatdagi sakkizta paxta-to‘qimachilik klasteri bilan shartnoma tuzilgan. O‘zAning xabar berishicha, hozirda klasterlarning 31 ta paxta tayyorlov maskanida hosilni qabul qilish uchun zarur shart-sharoit yaratilgan.

Yetishtirilgan paxtani tez va qisqa fursatlarda yig‘ib-terib olish uchun 2 250 ta terim otryadi tashkil etilgan, kerakli miqdorda transport vositalari ajratilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Davron Ochilovning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda har gektar yerdan o‘rtacha 27,1 sentner o‘rniga 33,7 sentner hosil olish kutilmoqda.

“Bu qabul maskanlariga viloyat bo‘yicha rejada belgilangan 205 ming tonna o‘rniga 255 ming tonna paxta yetkazib beriladi, degani. E’tiborli jihati, bu yil viloyatimizda paxta xomashyosi to‘liq klaster korxonalari tomonidan yetishtirildi. Fermer xo‘jaliklari ushbu 8 klaster korxonasi bilan shartnoma tuzdi”, — dedi Ochilov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют