» » Toshkent shahar IIBBda tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkent shahar IIBBda tayinlovlar amalga oshirildi


Podpolkovnik Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Dilmurod Mirsodiqov 1979-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000-yili O‘zbekiston IIV Akademiyasini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2000-yili Shayxontohur tumani IIB Tergov bo‘limi tergovchisi sifatida boshlagan. 2010-yilga qadar Shayxontohur tumani IIB va Toshkent shahar IIBBning tergov bo‘linmalarida turli lavozimlarida ishlagan.

2010—2014-yillarda O‘zbekiston IIV Bosh tergov boshqarmasi (hozirgi Tergov departamenti)da bo‘lim boshlig‘i sifatida, 2014—2019-yillarda esa Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2019-yil avgustidan beri Olmazor tumani Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘linmalarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i sifatida mehnat qilib kelayotgan edi.

Podpolkovnik Ahmadjon Fozilov Toshkent shahar IIBBning Moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minoti boshlig‘i o‘rinbosari — moddiy-texnik va xo‘jalik xizmati boshlig‘i etib tayinlandi.

Ahmadjon Fozilov 1970-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008-yili Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996-yili Toshkent metropolitenini qo‘riqlash bo‘yicha IIBning saf bo‘linmalari batalyoni xodimi sifatida boshlagan.

2016-yilga qadar Toshkent metropolitenining Ichki ishlar boshqarmasi va Toshkent shahar IIBBning Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2016—2018-yillarda Olmazor tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari — jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i, 2018—2019-yillarda esa Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan. 2019-yilning yanvaridan avgustga qadar Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют