» » Sariag‘ashdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik quruvchi balandlikdan qulab, halok bo‘ldi

Sariag‘ashdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik quruvchi balandlikdan qulab, halok bo‘ldi


Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariag‘ash tumanidagi qurilish maydonida 6-sentabr kuni O‘zbekiston fuqarosi A.B. balandlikdan qulab tushgan va vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan, ayni vaqtda marhumning jasadini Vatanga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi”, — deyiladi TIV axborotida.

Avvalroq Rossiyaning Leningrad viloyatida 3-sentabr kuni o‘zbekistonlik mehnat muhojiri qurilish maydonida balandlikdan qulab, halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют