» » “Tarqatilgan xabarlar asossiz”. IIV YHXBB avtomobilning orqa yon oynalariga parda o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risidagi sud qaroriga munosabat bildirdi

“Tarqatilgan xabarlar asossiz”. IIV YHXBB avtomobilning orqa yon oynalariga parda o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risidagi sud qaroriga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda 6-sentabr kuni Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqarilganligi haqida tarqatilgan xabarlar tarqalgan edi. O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bu xabarlarni o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qildi.

Birinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan hukumatning 2015-yil 24-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Ushbu o‘zgartirishlarga ko‘ra Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasi (Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar) 7.4-bandining izohida III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining (konstruksiyasi yo‘lovchilarni faqat o‘tirgan holda tashish uchun mo‘ljallangan avtobuslar) orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni ko‘rish uchun tashqi ko‘zgusi mavjud bo‘lgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatishga ruxsat berilishi belgilangan.

Ya’ni, III klass M3 toifadagi avtotransport vositalaridan boshqa toifadagi transport vositalarining yon oynalariga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatish taqiqlanadi.

Ikkinchidan, Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandiga asosan haydovchi joyidan tevarak-atrof ko‘rinishini cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan va qoplamalar tushirilgan bo‘lsa, avtotransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Uchinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda GOST 33988-2016 (Автомобильные транспортные средства. Обзорность с места водителя. Технические требования и методы испытаний) davlatlararo standartida keltirilgan tushunchalar noto‘g‘ri talqin qilingan. Jumladan, “Tevarak-atrof ko‘rinishi” (обзорность) va “Old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi” (передняя обзорность) tushunchalari chalkashtirib yuborilgan.

Vaholanki, Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandida haydovchi joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi, ya’ni (обзорность) nazarda tutilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda esa faqat “Old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi” (передняя обзорность) gapirilib, amaldagi me’yoriy hujjatlar noto‘g‘ri talqin qilingan.

GOST 33988-2016 (Автомобильные транспортные средства. Обзорность с места водителя. Технические требования и методы испытаний) davlatlararo standartida “Tevarak-atrof ko‘rinishi” (обзорность) va “Old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi” (передняя обзорность) tushunchalari aniq ko‘rsatib berilgan.

To‘rtinchidan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasida ham “Tevarak-atrof ko‘rinishi” (обзорность) to‘g‘risida ko‘rsatilgan. Ya’ni, kodeksning 126-moddasi bo‘yicha ma’muriy hujjatlar malakalanishida “Tevarak-atrof ko‘rinishi” (обзорность) hisobga olinadi.

“Yuqorida bayon etilganlarga asosan, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 6-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarni asossiz deb hisoblaydi. Shuningdek, bosh boshqarmada Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan chiqarilgan qaror to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud emas”, — deyiladi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining rasmiy munosabatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют