» » Samarqanddagi uchta oliygohni tamomlagan mutaxassis Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi

Samarqanddagi uchta oliygohni tamomlagan mutaxassis Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi


Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 38-sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Xabar berishlaricha, Kamoliddin Shermatov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Kamoliddin Shermatov 1974-yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, 2002-yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, 2006-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘ycha muhandis-iqtisodchi, agronom, huquqshunos.

Kamoliddin Shermatov faoliyati davomida Qishloq va suv xo‘jaligi hududiy boshqarmalari va vazirligida turli lavozimlarda, Respublika O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasida boshliq o‘rinbosari, Chinoz tumani hokimi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют