» » IIB: Oqdaryoda uch kishi hech bir sababsiz pichoqlangan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan

IIB: Oqdaryoda uch kishi hech bir sababsiz pichoqlangan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan


Oqdaryo tumanida uch kishining pichoqlanishi holati yuzasidan Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati axborot berdi. Unda ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi A.B. jabrlanuvchilarni hech bir sababsiz pichoqlagan.

Mavzuga doir: Oqdaryo tumanida uch kishi ish joyida pichoqlab ketildi

“6-sentabr kuni soat taxminan 18:00 da Oqdaryo tumanida fuqaro A.B. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda tuman “Agrobank” binosiga kelib, hech bir sababsiz janjal chiqarib, yonida bo‘lgan yig‘ma pichoq bilan bank xodimlari N.Sh., U.H. va Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi R.J.ni urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda binoda xizmat olib borayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan bir dona yig‘ma pichoq daliliy ashyo sifatida olingan”, — deyiladi Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati axborotida.

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.B.ga nisbatan 6-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).

Tan jarohati olgan uch nafar fuqarolarga nisbatan shu kuni sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. A.B. esa 7-sentabr kuni gumon qilinuvchi tariasida Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют