» » AQShlik oila qiziga Alloh familiyasini berishni istamagan shtat rasmiylarini sudga berdi

AQShlik oila qiziga Alloh familiyasini berishni istamagan shtat rasmiylarini sudga berdi


Er-Xotin Elizabet Xendi hamda Bilol Uolk 22 oylik qiziga familiya tanlashga ruxsat bermagani uchun Jorjiya shtatini sudga berdi. Oilaviy juftlik sud vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xendi hamda Uolk qiziga Alloh familiyasini bermoqchi bo‘lgan, shunda qizning to‘liq ismi Zaliha Nafisa Lorrayna Alloh ko‘rinishida bo‘lgan bo‘lar edi. Bu haqda  The Telegraph nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.

Atlanta Journal Constitution nashrining ma’lumot berishicha, rad javobi berilishiga Jorjiya shtati qonunchiligi sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, farzand yo otaning yoki onaning, yoki bir vaqtda ikkalasining familiyasiga ega bo‘lishi kerak.

22 oylik qizaloqning hozirgacha ismi yo‘qligi bois, uning tug‘ilganligi haqida guvohnoma hamda ijtimoiy sug‘urtasi ham mavjud emas. Shu sababli Xendi—Uolk oilasi bugunga qadar qiziga tibbiy yordam va oziq-ovqat kartochkasini ololgani yo‘q.

Washington Post nashrining yozishicha, Zalihaning 3 yoshli akasining ismi Masterful Mozira Ali Alloh. Shtat rasmiylarida uning ismiga ilgari hech qanday shikoyat bo‘lmagan.

Oilaning yuristi Maykl Baumrindning so‘zlariga ko‘ra, “bolaga ism tanlash bilan faqat ota-onalar shug‘ullanishi kerak, shtat rasmiylari emas”. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют