» » Steyk tayyorlashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Steyk tayyorlashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar


Steykni tayyorlash oson bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin haqiqatda bunday emas: uy steyki quruq va tuzsiz chiqishi mumkin. Bu taomning mazali va sersuv bo‘lib pishishi uchun qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak?

Mazali va xushbo‘y steyk tayyorlashni istasangiz, biroz yog‘li bo‘lgan – biqin yoki qovurg‘ali go‘shtni tanlang.

Steyk bo‘lagini qovurishdan 30—40 daqiqa oldin yaxshilab tuz va murchga belab qo‘ysangiz, ziravorlar go‘shtga singadi va uni mazali qiladi.

Steyk yuzasi ho‘l bo‘lsa, qizdirilgan tovaga solingandan so‘ng o‘zidan bug‘ chiqara boshlaydi. Buning oldini olish uchun, tayyorlashni boshlashdan oldin steykning ikki tomonini ham qog‘oz sochiq bilan arting. Ortiqcha namlikning olinishi steykning yaxshi qovurilishini ta’minlaydi.

Steyk tayyorlash uchun issiqlikni ushlab turadigan va qizarib pishishga yordam beradigan og‘ir cho‘yan tova kerak bo‘ladi.

Cho‘yan tovani yaxshi qizdirmasdan turib go‘sht solinsa qovurilish o‘rniga bug‘ chiqara boshlaydi. Kerakli haroratni har doim uning ustidan chiqayotgan tutundan ham bilsa bo‘ladi.

Manba: “MHealth.com”

Опубликовано: admin (29-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют