» » “Kundalik” vakillari tizimda o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlari saqlanishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

“Kundalik” vakillari tizimda o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlari saqlanishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonda “Kundalik” elektron jurnal va kundaliklar tizimi joriy etilmoqda.

Joriy yil aprel oyida platforma Toshkentdagi ayrim umumta’lim maktablarida sinovdan o‘tdi. Sentabrdan e’tiboran boshqa maktablarda ham qo‘llanishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining shaxsiy ma’lumotlari saqlanadigan tizimda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda. Ularda bolalar bilan bog‘liq ma’lumotlarni (ism-sharifi, maktab, sinf va telefon raqamlari) tizimning istalgan foydalanuvchisi qo‘lga kiritishi mumkinligi bildirilgan.

‘Kundalik’ yopiq tizim hisoblanadi. Unda faqat davlat organlari vakillari, ta’lim muassasalari xodimlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ma’murlar tizimga maktab bilan bog‘liq shaxslarni ro‘yxatga asosan kiritadi. U yerda boshqa davlatdagi yoki ta’limga aloqador bo‘lmagan foydalanuvchilar yo‘q.

Hilola Izzatova, “Kundalik” texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari

Hilola Izzatovaning ma’lum qilishicha, tizim foydalanuvchilardan telefon raqami, elektron pochta, manzil haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish, fotosini yuklash majburiyatini talab qilmaydi. Ular buni ixtiyoriy amalga oshirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют