» » “Mening kunim hech kimning boshiga tushmasin”. Oqqonga chalingan Shahrizoda Shopo‘latova saxovatli insonlar yordamiga muhtoj

“Mening kunim hech kimning boshiga tushmasin”. Oqqonga chalingan Shahrizoda Shopo‘latova saxovatli insonlar yordamiga muhtoj


Sizga suratdan boqib turgan mana bu qizaloqning ismi Shahrizoda. U 2010-yil 23-sentabrda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, ikki yildan buyon oqqon xastaligi bilan kurashib kelmoqda.

“Shahrizoda kenja farzandim. Unda kasallik aniqlangandan keyin 2 ta qizimni keksa qaynonamga tashlab ketishga to‘g‘ri keldi. Bir oyda 10 kun uyda bo‘lsak, 20 kun kasalxonadamiz.

Xo‘jaynim ikki marotaba oshqozonidan operatsiya bo‘lgan, lekin nafaqa olmaydi. O‘zim uy bekasiman.

Qizalog‘imni davolatish uchun 2 yilda  borimizni sotdik. Yetmaganiga katta foizga 30 million so‘m qarz olgandik. Hammasi dori-darmonga ketdi.

Yaqinda davolanishning 3-kursini boshladik. Dorixonadan dori-darmonlarni qarzga olayotgandik. Avval eski qarzlaringni to‘langlar, deb endi  berishmayapti. Qizimga qarab yuragim eziladi. Ilohim, hech kimni boshiga bunday musibatni solmasin. Saxovatli insonlarning yordamiga juda muhtojmiz,”— deydi biz bilan suhbatda onasi Xurshida opa.

Hozirda oila Toshkentda ijarada yashashmoqda. Ijara puli, yashash xarajatlari va dori-darmonlar oilani mushkul ahvolga solib qo‘ygan.

Barcha saxovatli insonlardan Shahrizoda Shopo‘latovani tuzalib ketishida yordam berishlarini so‘raymiz.

Shahrizoda Shopo‘latovaga xayriya yordami ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

8600060937480755 (Xalq banki)

Onasi nomiga ochilgan.

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Xurshida Ravshanova  Rajabovna

Pasport raqami: AB 8758790

Telefon raqami:

+998 93 464 52 24



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют