» » Xonanda Nargiz Zokirova hibsga olinishdan qo‘rqib, Odessada konsert bermaslikka qaror qildi

Xonanda Nargiz Zokirova hibsga olinishdan qo‘rqib, Odessada konsert bermaslikka qaror qildi


Rossiyadagi “Golos” loyihasi finalchisi, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan xonanda Nargiz Zokirova hibsga olinish xavfi tufayli Ukrainaning Odessa shahridagi konsertlarni bekor qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Xonanda Instagram’dagi sahifasida qoldirgan xabarga ko‘ra, Ukrainaning aksariyat nashrlari xonanda Odessaga kelishi bilan hibsga olinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgan. Shu sababli ham u va uning jamoasi ijodiy safarni bekor qilishga majbur bo‘lgan.

Zokirovaning taxminicha, bu Kiyev shahri mezbonlik qiladigan Eurovision—2017 musiqiyi tanlovi atrofidagi shov-shuvlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. “Lekin men xato o‘ylayotgan bo‘lishim ham mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Xonandaning yozishicha, u Odessada konsert berishi juda ham xohlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют