» » OPEK jamg‘armasi Namangan viloyatida suv ta‘minotini rivojlantirishni moliyalashtiradi

OPEK jamg‘armasi Namangan viloyatida suv ta‘minotini rivojlantirishni moliyalashtiradi


OPEK jamg‘armasi Namangan viloyatida suv ta‘minotini rivojlantirishni moliyalashtiradi, deb xabar beradi Norma.

Loyiha TIAning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan.

Mintaqaning suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha besh yillik (2020—2025-yillar) loyiha Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrini qamrab oladi.

Umumiy qiymati — 68,05 million AQSh dollari. Undan 53,96 million AQSh dollari — OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 20 yil muddatga berilgan qarzi. Ekvivalentda 14,09 million AQSh dollari – O‘zbekistonning soliq va bojxona imtiyozlari berish, shuningdek, investitsiya davrida moliyaviy chiqimlarni to‘lash tarzidagi hissasi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi loyiha amalga oshirilishi, xorijiy qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5-sentabrdan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют