» » Tailand sayyohlik solig‘i joriy etishni to‘xtatib turishga qaror qildi

Tailand sayyohlik solig‘i joriy etishni to‘xtatib turishga qaror qildi


Tailand turizm vazirligi shu yil may oyida e’lon qilingan sayyohlik solig‘i joriy etilishini to‘xtatib turishga qaror qildi.

Tushumlari ko‘p tashrif buyuriladigan turistik obyektlarni saqlashga sarflanadigan yangi soliq va sayyohlarning baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtasi xorijliklardan 2019-yil oxiri — 2020-yil boshidan boshlab undirilishi ko‘zda tutilgandi.

Biroq 2019-yil o‘rtasida kuzatilgan turizm sektoridagi pasayish, xususan, Xitoydan sayyohlar oqimi kamaygani (oxirgi bir necha oyda 3 foizga) mamlakat rasmiylarini yangi soliq joriy etishni to‘xatib turishga majbur qildi.

Turizm sektoridagi pasayishning asosiy sababi sifatida Tailand milliy valyutasining qiymati oshib borayotgani ko‘rilmoqda. Mamlakatda yarim yildan beri almashuv kursi 1 AQSh dollari uchun 31—30 batni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют