» » Geologlar yo‘q bo‘lib ketgan eski sayyora qa’ridan kelib qolgan mineralni topdi

Geologlar yo‘q bo‘lib ketgan eski sayyora qa’ridan kelib qolgan mineralni topdi


Olimlar allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan boshqa bir sayyorada shakllangan uglerodli mineralni aniqladi. Bu haqda American Mineralogist jurnalida maqola chop etgan olimlar Chi Ma hamda Alan Rubin ma’lum qildi.

1951-yilda Avstraliyaning eng chekka janubidagi Viktoriya provinsiyasi hududidan meteorit topilgan edi. O‘sha meteorit hozirda mahalliy muzeyda saqlanadi. Meteoritning boshlang‘ich vazni 220 gramm atrofida bo‘lgan; biroq hozirda undan atigi 71 gramm qolgan. Shu sababli muzeyda bu noyob meteorit o‘ta qattiq nazorat qilinadi. 2018-yildagina uning juda kichik bir bo‘lagini Kaliforniya universiteti mineralog olimlariga berishga ruxsat berilgan.

Sinchiklab o‘rganish natijasida olimlar meteorit tarkibidan avval fanga ma’lum bo‘lmagan mineralni aniqlagan. Unga Gavayi universitetida ishlovchi olim, kosmik meteoritlarni tadqiq qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis Edvard Skott sharafiga “edskottit” deb nom berilgan.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu mineral temir va uglerod atomlarining o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida meteoritning o‘ta sekinlik bilan sovish jarayonida hosil bo‘lgan ekan. Bunga o‘xshash strukturalar po‘lat eritish jarayonida oz miqdorda hosil bo‘ladi, biroq uni to‘laqonli ravishda mineral deb atash uchun bu yetarli asos hisoblanmas edi. Ushbu namuna esa tabiiy sharoitlarda hosil bo‘lgani uchun endilikda uni bemalol minerallar tasnifiga qo‘shish mumkin.

Chi Ma va Alan Rubin ushbu mineralni Quyosh tizimi endi-endi shakllanishni boshlagan uzoq o‘tmishda, boshqa bir protosayyorada, ya’ni hali to‘laqonli sayyora sifatida shakllanib ulgurmagan osmon jismida hosil bo‘lgan degan to‘xtamga kelgan. Edskottit o‘shanda og‘ir radioaktiv elementlarning kuchli ta’siri ostida yuzaga kelgan yuqori harorat tufayli hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq ushbu mineral shakllangandan keyin u hosil bo‘lgan osmon jismi boshqa osmon jismlari bilan to‘qnashuv natijasida parchalanib, kosmos bo‘ylab meteoritlar ko‘rinishida sochilib ketgan. Ularning aksar qismini boshqa sayyoralar, jumladan, Yer o‘ziga tortib olib singdirib yuborgan. Yana ayrim qismlari esa Quyoshda borib yonib-kuyib ketgan. Biroq ko‘p sondagi bo‘laklar asteroidlar belbog‘ida saqlanib qolgan. O‘shalardan ayrimlari hozirgi kunda ham Yerga meteorit sifatida qulashda davom etmoqda va Avstraliyadagi muzeydagi bo‘lak uning bir qismi ekani katta ehtimol.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют