» » Britaniyada Brexit rasman boshlab berilgani sababli funt sterling qiymatini yo‘qotishda davom etmoqda

Britaniyada Brexit rasman boshlab berilgani sababli funt sterling qiymatini yo‘qotishda davom etmoqda


Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish jarayoni rasman boshlab berilgani sababli funt sterling dollar va iyenaga nisbatan pasayishda davom etmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Funt sterling kursi 0,5 foizga, 1,2394 dollargacha pasaydi. Oldinroq u 21-yanvardan beri kuzatilgan minimum — 1,2385 dollargacha tushgandi.

Yaponiya valyutasiga nisbatan ham funt 0,5 foiz yo‘qotdi: kurs 17-yanvardan keyingi minimum — 137,7 iyenani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 28-mart, seshanba kuni Yevroittifoq hukumatini mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayoni rasman boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют