» » Angrendagi YTH bo‘yicha ilk rasmiy axborot: Ikki kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi kasalxonaga yotqizilgan

Angrendagi YTH bo‘yicha ilk rasmiy axborot: Ikki kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi kasalxonaga yotqizilgan


10-sentabr kuni soat taxminan 4:00 da Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 “Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh” avtomobil yo‘li 173-kilometrining “Obliq” temiryo‘l stansiyasidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Kon boshqarmasiga qarashli “Angren Oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temiryo‘l shoxobchasining kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mavzuga doir:Foto: Angrendagi temiryo‘l kesishmasida yuz bergan dahshatli YTH

“Toshkent—Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan CAMC rusumli yuk mashinasi yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning 8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan Damas rusumli avtomobilini bosib qolgan.

Natijada, Damas avtomobilida bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, CAMC rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

“Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют