» » Angrendagi yirik YTH “Toshkent—Farg‘ona” yo‘lining yopilishiga sabab bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar

Angrendagi yirik YTH “Toshkent—Farg‘ona” yo‘lining yopilishiga sabab bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar


Angren shahri hududida yuk poyezdi ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Voqea 10-sentabr kuni soat taxminan 4:00 da, A-373 M-39 “Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh” avtomobil yo‘li 173-kilometrida yuz bergan. Dastlab temiryo‘l kesishmasida avtobus va poyezd vagoni ishtirokida YTH yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining aniqlik kiritishicha, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Kon boshqarmasiga qarashli “Angren oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temiryo‘l shoxobchasi orqali yuk vagonlarini tortib ketayotgan teplovozning 8-vagoniga “Toshkent—Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan CAMC rusumli yuk mashinasi urilgan. Natijada vagonlarning ikkitasi izdan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan Damas’ni bosib qolgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar bor. FVVdan ma’lum qilishlaricha, YTH oqibatida Damas’da bo‘lgan besh nafar fuqarodan ikki nafari voqea joyida vafot etgan, uch nafari esa tan jarohati olib, Angren shahar Markaziy shifoxonasiga shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, CAMC rusumli yuk mashinasining haydovchisi ham tan jarohati olib, xuddi shu shifoxonaga yotqizilgan. FVV axborotida jarohatlanganlarning ahvoli qay darajada ekanligi haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.

“Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi FVV axborotida. Hodisa joyidan olingan fotosuratlarda vagon ostida qolgan Damas va kabinasi majaqlanib ketgan ko‘k rangli mashina (katta ehtimol bilan, teplovozning 8-vagoniga urilgan CAMC yuk mashinasi)dan tashqari MAN yuk mashinasini ham ko‘rish mumkin. FVV axborotida u va unda bo‘lgan odamlarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Mavzuga doir: Foto: Angrendagi temiryo‘l kesishmasida yuz bergan dahshatli YTH

Xabar berishlaricha, YTH oqibatida “Toshkent—Farg‘ona” yo‘li yopilgan. “Xabar.uz”ning yozishicha, YTH yuz bergach, voqea joyiga yetib kelgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari avtomobillarni Nurobod, Ilg‘or, Qo‘shsoy qishloqlaridan o‘tadigan aylanma yo‘lga yo‘naltirishni boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют