» » Britaniya parlamenti yana bir bor Jonsonning muddatidan oldin saylov o‘tkazish borasidagi so‘rovini rad etdi

Britaniya parlamenti yana bir bor Jonsonning muddatidan oldin saylov o‘tkazish borasidagi so‘rovini rad etdi


Buyuk Britaniya parlamentining quyi palatasi a’zolari bosh vazir Boris Jonsonning oktabrda muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish borasidagi taklifini yana bir bor rad etdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

The Guardian nashrining yozishicha, Buyuk Britaniya hukumatining ishi 14-oktabrga qadar to‘xtatib qo‘yilgan.

15-oktabr kuni o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan muddatdan oldinga saylovlarga 293 deputat ovoz bergan bo‘lsa, 46 nafar deputat bunga qarshi “qo‘l ko‘targan”. Biroq parlamentning bir qismi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etmagan. Jonsonning taklifi ma’qullanishi uchun 434 ta ovoz kerak edi.

Hukumat 14-oktabrga qadar tanaffus e’lon qilgan. Muddatidan oldingi saylovlarni faqatgina noyabr oxirida — Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi kutilayotgan sanadan keyin o‘tkazish mumkin.

Hukumati Brexit’ni qoldirish bo‘yicha so‘rov yubormaydi. Men 17-oktabr kuni sammitga boraman va kelishuvga erishish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman

Boris Jonson, Buyuk Britaniya parlamentining quyi palatasi a’zolari bosh vazir

Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jeremi Korbin amaldagi parlamentni “uyatli” deb atab, parlament ishining to‘xtatilishi faqatgina bosh vazirning “nima qilish kerak yoki kerakmas degan savollaridan qochish” uchun zarur bo‘lganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, qirolicha Yelizaveta II tomonidan tasdiqlangan qonunga ko‘ra, Brexit 2019-yil 31-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan bitimsiz o‘tkazilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют