» » Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qudasi jiyanlari bilan birga militsiya xodimini kaltakladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qudasi jiyanlari bilan birga militsiya xodimini kaltakladi


Tojikistonning Ko‘lob shahrida 8-sentabr kuni Tojikiston aloqa xizmati rahbari va prezident Emomali Rahmonning qudasi bo‘lgan Beg Sabur mahalliy politsiya bo‘limining jinoyat qidiruv xodimi bilan mushtlashdi. Bu haqda Ca-News xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat qidiruv xodimi Emomali Rahmon tashrifi arafasida u yuradigan yo‘llardagi obyektlarni tekshirgan. U Ko‘lobda shahar bog‘i yaqinida Beg Sabur tomonidan qurilayotgan binolardan biriga kirib, tekshirmoqchi bo‘lgan.

Militsiya xodimi bino prezident qudasiga tegishli ekanligi, yaxshisi uni aylanib o‘tish kerakligi haqida ogohlantirilgan. Ammo u bino Begnikimi, degnikimi (deg tojik tilida qozon bo‘lib, haqoratomuz hisoblanadi) farqi yo‘qligini aytgan. Buni Beg Saburning o‘zi eshitib qolgan va unga tashlangan.

Beg Saburning jiyanlari ham yetib kelib, militsiya ofitserini do‘pposlashga qo‘shilgan. Shundan so‘ng kaltaklangan militsionerni Beg Saburning odamlari IIVning Ko‘lob bo‘limi xodimlariga topshirgan. Militsiya xodimining keyingi taqdiri noma’lum.

Ayrim OAVlarda u hisbga olingani aytilgan, ammo bu ma’lumot hozircha tasdiqlanmagan. Rasmiylar esa bu voqea yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

Tojikiston prezidenti keyingi haftada Ko‘lobga tashrif buyuradi. Uning ishtirokida Ko‘lob shahar bog‘i yaqinida Beg Sabur tomonidan qurilgan mehmonxona va bir necha turar joylar ochilishi kutilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikiston aloqa xizmati rahbari va prezident Emomali Rahmonning qudasi bo‘lgan Beg Sabur mamlakat qonunchiligida hukumat amaldorlarining biznes yuritishi taqiqlanganiga qaramay, Tojikiston qurilish bozorining yetakchilaridan hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют