» » Shavkat Mirziyoyev “Gazprom” rahbari qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Gazprom” rahbari qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida neft-gaz sohasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik yuksak darajada rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, 2017—2021-yillarda uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Gazprom” kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Miller O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va hamkorlikdagi loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi, O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют