» » Musulmonlar idorasiga 13 yil raislik qilgan Usmonxon Alimov ishdan olindi

Musulmonlar idorasiga 13 yil raislik qilgan Usmonxon Alimov ishdan olindi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqdagi xabarlarni “Daryo”ning diniy idoradagi manbalari tasdiqladi.

Ma’lum qilishlaricha, 10-sentabr kuni Xalqaro Islom akademiyasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda diniy idora, uning viloyatlardagi vakilliklari xodimlari, hukumat huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati qatnashgan.

Yig‘ilishda Usmonxon Alimov diniy idora raisligidan olingani e’lon qilingan. “Azon.uz”ning yozishicha, shu vaqtgacha Toshkent viloyati bosh imom-zatibi lavozimida ishlab kelgan Xayrulloh domla Turmatov diniy idora raisi, muftiy etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Usmonxon Alimov 1950-yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadida tahsil olgan.

U uzoq yillar davomida Samarqand viloyatidagi “Imom Buxoriy” jome masjidida imom-xatib bo‘lib ishlagan. 2000—2006-yillari O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili, 2006-yil avgustdan diniy idora raisi, muftiy sifatida ishlab kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют