» » Turkmanistonda muddatli xizmat askarlari prezidentning o‘g‘li hokimlik qiladigan Axal viloyatiga paxta yig‘im-terimiga yuborildi

Turkmanistonda muddatli xizmat askarlari prezidentning o‘g‘li hokimlik qiladigan Axal viloyatiga paxta yig‘im-terimiga yuborildi


8—9-sentabr kunlari Turkmanistonning Mari viloyatidan 1,5 ming nafar muddatli xizmat askari Axal viloyatiga paxta yig‘im-terimida ishtirok etish uchun yuborildi.

Mazkur sanalarda Mari—Ashxobod yo‘nalishiga yo‘lovchi poyezdlariga chiptalar sotilmagan.

Ashxobod va uning atrofidagi hududlarda joylashgan harbiy qism xizmatchilari 1-sentabrdayoq paxta dalalariga jo‘natilgandi.

Manbalarga ko‘ra, Mari viloyatining barcha tumanlari kommunal xo‘jalik xizmatlari xodimlari, jumladan, haydovchilar ham tez orada Axal viloyatiga paxta yig‘im-terimiga yuborilishi haqida ogohlantirilgan.

Avval xabar berganimizdek, Turkmaniston paxtakorlariga prezidentning o‘g‘li hokimlik qiladigan Axal viloyatiga xirmonni birinchi bo‘lib ko‘tarishda yordam berish buyurilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют