» » Samarqandda aroqxo‘r otasidan qutulish maqsadida uni o‘ldirgan o‘g‘il 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Samarqandda aroqxo‘r otasidan qutulish maqsadida uni o‘ldirgan o‘g‘il 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Samarqandning Ishtixon tumani “Minglar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.X. aroqxo‘r otasidan qutulish maqsadida uni qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi G‘ayrat Nig‘matov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, A.X.ning otasi doimiy ravishda mast bo‘lib, uydagilari bilan asossiz ravishda janjallashib, qo‘ni-qo‘shnilar oldida oilasi sha’niga dog‘ tushirib kelgan. Shu sababli otasidan qutulish maqsadida uni qasddan o‘ldirishni rejalashtirgan.

2018-yilning 30-may kuni A.X. mast holatda kelgan otasini dastlab tinchlantirish maqsadida uning qo‘l va oyoqlarini ip bilan bog‘lab yotoqxonasiga olib kirib yotqizgan. So‘ng soat taxminan 23:00 atrofida A.X. yashash xonadoni hovlisidagi daraxtga bog‘langan sun’iy ip bilan bog‘langan holda yotgan otasini qasddan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

A.X. sodir etgan jinoyatini yashirish va otasining murdasini yo‘qotish maqsadida, onasiga sodir etgan jinoyati haqida ma’lum qilgan. So‘ng onasi bilan birgalikda otasining murdasini uyining og‘ilxonasida turgan eski gilamga o‘rab, murdani “Moskvich-412” avtomashinasi orqa yuk xonasiga ortgan.

2018-yilning 31-may kuni soat taxminan 12.00 atrofida A.X. Zarafshon daryosi irmog‘i bo‘lgan Qoradaryo daryosi qirg‘og‘iga otasining murdasini cho‘ktirish maqsadida gilamga temir jismni ip bilan bog‘lab, murdani suvga tashlab yuborgan.

Sudlanuvchi A.X.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют