» » Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sish pasayishi kutilmoqda

Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sish pasayishi kutilmoqda


Qozog‘iston Milliy banki mamlakatda iqtisodiy o‘sish pasayishi mumkinligini ma’lum qildi.

MBga ko‘ra, 2019-yili mamlakatda iqtisodiy o‘sish 3,8 foizni tashkil etadi.

“O‘rta muddatli istiqbolda Qozog‘iston iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari biroz pasayadi, biroq nisbatan yuqori darajada — 2020-yilda 3,5 foiz atrofida qoladi. Qisqa muddatli istiqbolda uy xo‘jaliklari iste’moli ortib borayotgani va investitsiyaviy faollikning o‘sishi asosiy drayverlarga aylanadi. Keyinchalik iqtisodiy o‘sishning susayishi fiskal stimullar effekti zaiflashuvi va sof eksport dinamikasi pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Qozog‘iston Milliy banki sharhida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют